So’nggi yangiliklar

21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0 12:58Осиё кубоги. Қизларимиз тарихий натижа қайд этишди 0

28 okt 15:48
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi yangilandi. Faqat SHin ko'tarildi, Sultonov o'z o'rnida

Bugun professional tennischilar Associaciyasi haftalik yangi reytingni elon qildi.

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennis yulduzlari o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Faqat hafta davomida o'tkazilgan ATP turnirlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan raketka ustalarigina o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi. Vena turniri chempioni britaniyalik Jek Dreyper uch, Bazel turniri g'olibi amerikalik Ben SHelton to'rt pog'onaga yuqoriladi. Italiyalik Yannik Sinner juda katta farq bilan reyting peshqadamiligini davom ettirmoqda. 

Yangilangan reytingda faqat bir tennischimiz o'z o'rnini yaxshilab oldi. Maksim SHin o'tgan hafta bilan taqqoslaganda besh pog'onaga ko'tarildi. SHarm El-SHeyxdagi turnirda yarim finalga qadar etib borgan birinchi raketkamiz Humoyun Sultonov o'z o'rnida o'zgarishsiz qoldi. Uning Misr turniridagi ochkolari kelasi hafta reytingi uchun hisoblanadi. Sergey Fomin 6, Rahimbek Ibrohimov 3, Amir Milushev esa 15 pog'onaga pastladi.  


ATP reytingi. 28 oktyabr holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 11420 ochko

2. (2) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 7120

3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6805

4. (4) Novak Jokovich (Serbiya) - 6210

5. (5) Daniil Medvedev (Rossiya) - 5230

6. (6) Teylor Fritc (AQSH) - 4335

7. (7) Andrey Rublyov (Rossiya) - 4070

8. (8) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3855

9. (9) Grigor Dimitrov (Bolgariya) - 3740

10. (10) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3725...


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

232 (232). Humoyun Sultonov - 243 

532. (526). Sergey Fomin - 71 

1104. (1109). Maksim SHin - 10 

1538T (1523T). Amir Milushev - 3 

1994T (1991T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing