14 noy 08:47
Yangiliklar
Tennis
ATP Yakuniy turniri. Rublyov Karlos Alkaraz oldida ojiz qoldi
Italiyaning Turin shahrida tennis bo'yicha yilning Yakuniy ATP turniri davom etmoqda.
Reytingning sakkizinchi pog'onasidan joy olgan Andrey Rublyov guruh bosqichining ikkinchi uchrashuvida ham mag'lubiyatga uchradi. Rossiyalik tennischi dunyoning uchinchi raketkasi ispaniyalik Karlos Alkarazga 3/6, 6/7(8) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuviga kelib, Karlos hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Karlos tay-brekda ikkita setboldan chiqib ketganini ham alohida takidlash joiz. To'qson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 7, Alkaraz 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar