15 noy 08:34
Yangiliklar
Tennis
ATP Yakuniy turniri. Rus derbisida Rublyov Daniil Medvedevni mag'lub etdi
Italiyaning Turin shahrida ATP tasnifiga kiruvchi yilning Yakuniy turniri davom etmoqda.
Guruh bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvda Andrey Rublyov vatandoshi Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqdi. Dramatik kechgan vatandoshlar bahsida Rublyov 6:7 (7:9), 6:3, 7:6 (9:7) hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuv 2 soatu 34 daqiqa davom etgan. Rublyov 9 ta eys zarbasini amalga oshirib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi va 9 urinishdan 3 marta breyk-poyntga erishdi. Medvedev hisobida esa 24 eys, 8 qo'shxato va 1 ta breyk-poynt bor.
Yakuniy turnirning amaldagi g'olibi mavsumning ikkinchi qismini jiddiy jarohat bilan o'tkazib yuborayotgan germaniyalik Aleksandr Zverev hisoblanadi. 2021 yilgi mavsum finalida u 2020 yilgi turnir g'olibi Daniil Medvedevni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar