19 jan 17:17
Yangiliklar
Australian Open. 16 yoshli Andreeva 4-bosqichda, u hal qiluvchi setda 1/5 hisobidan chiqib ketdi
Australian Open musobaqasining ayollar o'rtasidagi bahslarida uchinchi davra uchrashuvlari o'tkazilyapti. WTA reytingida 47-o'rinni egallab turgan Mirra Andreeva muqarrar mag'lubiyatdan chiqib keta oldi. Rossiyalik 16 yoshli iqtidor egasi reytingning 72-pog'onasida borayotgan franciyalik Diana Parrini uch set natijasiga ko'ra taslim etdi - 1/6, 6/1, 7/6(10:5).
Etiborga molik jihati shundaki, Andreeva hal qiluvchi uchinchi setda 1/5 hisobida yutqazayotgandi. U 2/5 hisobi qayd etilayotganda match-bolldan chiqib ketdi va yakunda bahsni o'z foydasiga hal qildi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Mirra raqibasidan ustun keldi.
Ikki soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 5 ta eysni amalga oshirib, 4 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Ikkala tennischi ham 5 tadan breykka erishishdi. Mirra o'z faoliyatida ikkinchi bor "Katta Dubulg'a" turnirining to'rtinchi bosqichiga yo'l oldi. U "Uimbldon-2023"da ham ushbu bosqichga etib kelgan edi.
Fikrlar