20 jan 09:32
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. 30 ta eys qayd etilgan bahsda Rublyov g'alaba qozondi
Melburn shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib turgan Andrey Rublyov to'rtinchi davraga yo'l oldi. Rossiyalik tennischi uchinchi davra uchrashuvida ATP reytingida 26-pog'onada borayotgan amerikalik Sebastyan Kordani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 7/6(6), 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi edi - 3:0. Roppa-rosa ikki soatlik bahsda Rublyov 12, Korda 18 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Kordada ko'proq bo'ldi 5 ga 3. Andreyning 3 ta breykiga amerikalik tennischi javob qaytara olmadi. Endi Rublyov Australian Open 1/4 final chiptasi uchun avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar