18 jan 13:05
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Aleksandr Zverevga 163-raketkani yutish uchun 5 set kerak bo'ldi
Dunyoning oltinchi raketkasi Aleksandr Zverev Avstraliya Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida slovakiyalik Lukas Klyaynga qarshi kortga chiqdi.
4 soat 37 daqiqa davom etgan o'yinda germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev 7:5, 3:6, 4:6, 7:6, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va uchinchi bosqichga yo'l oldi.
Endi u navbatdagi o'yinini amerikalik Aleks Mikelsenga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar