20 jan 19:28
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Azarenko Ostapenkoni mag'lub etdi
Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning ilk musobaqasi davom etmoqda.
WTA reytingida 22-pog'onada borayotgan belaruslik Viktoriya Azarenko dunyoning 10-raketkasi, latviyalik Elena Ostapenkoni 6/1, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Viktoriya Ostapenkoga noqulay raqiba bo'lib qolmoqda. O'zaro to'rtta uchrashuvning barida Azarenko zafar quchgan.
Sakson uch daqiqa davom etgan bahsda Azarenko 11, Ostapenko 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar 3 ga 2, breyklar 4 ga 1 ko'rinishda belaruslik tennischi foydasiga bo'ldi. Endi Azarenko to'rtinchi bosqichda ukrainalik Dayana Yastremskayaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar