24 jan 08:28
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Jokovichning 1/2 finaldagi raqibi aniqlandi
Melburn shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Australian Open 1/4 finalida dunyoning to'rtinchi va beshinchi raketkalari - italiyalik Yannik Sinner hamda rossiyalik Andrey Rublyov o'zaro to'qnash kelishdi. Rublyov ushbu bahsda raqibiga 4/6, 6/7(5), 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Yannik oldinda bormoqda - 4:2. Ikki soatu 41 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 10 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar italiyalikda ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Endi Sinner final chiptasi uchun dunyoning birinchi raketkasi Novakom Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar