15 okt 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Avstraliya derbisida Kinlen sobiq jahon chempionini nokautga uchratdi
Bugun Avstraliyaning Tasmaniya oroli Lonseston shaharchasida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida avstraliyalik 27 yoshli Renold Kinlen o'rta vazn toifasida hamyurti, sobiq jahon chempioni 35 yoshli Daniel Gilga qarshi ringga ko'tarildi.
Kutilmaganda jangning ikkinchi raundida Kinlen kuchli raqibini nokautga uchratdi. Renoldning g'alabasiga bukmekerlik idoralarida 5,75 koefficienti berilgandi.
Malumot uchun, Gil so'nggi bor o'tgan yilning iyun oyida jang o'tkazgan va o'shanda to'rtinchi raundda nokaut evaziga Migel Kottoga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar