06 avg 20:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Avstraliya hukumati Uittaker - Adesanya jangini o'tkazish uchun UFCga katta miqdorda pul to'ladi
Avstraliya hukumati UFC kompaniyasiga 6 oktyabrdagi UFC oqshomini Las-Vegasdan Avstraliyaga ko'chirish uchun besh million dollar miqdorida pul to'ladi.
O'sha kungi kechaning markaziy jangida o'rta vazn UFC kamari sohibi Robert Uittaker vaqtinchalik chempion Israel Adesanyaga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, Melburndagi UFC kechasiga "Marvel Stadium" mezbonlik qiladi. Arena 60 ming muxlisga mo'ljanlangan.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar