05 okt 20:56
Yangiliklar
Avstraliya JCH-2034 mezbonligi uchun kurashmoqchi
Avstraliya futbol federaciyasi boshqaruv direktori Jeyms Jonson mamlakat 2034-yil o'tkaziladigan Jahon chempionati final bosqichiga mezbonlik qilish imkoniyatlarini o'rganib chiqayotganini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, 2030 yilgi Jahon chempionati umumiy hisobda oltita mamlakatda o'tkaziladi. FIFA tashkiloti JCH-2030 mezbonligiga Ispaniya, Marokash va Portugaliya mamlakatlarini tasdiqladi. Tashkilot bu uch mamlakat taqdim qilgan umumiy loyihani g'olib deb topdi.
Bundan tashqari, Jahon chempionatining 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvay terma jamoalari birinchi uchrashuvlarini o'z mamlakatlarida o'tkazadilar. Jahon chempionatining ochilish o'yiniga Urugvay mezbonlik qiladi. 1930 yilgi Jahon chempionati aynan Urugvay mamlakatida o'tkazilgandi.
Fikrlar