21 jan 14:49
Yangiliklar
Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvini yaponiyalik hakamlar boshqarib borishadi
Unga hamyurtlari Mihara Jun hamda Takagi Takumi yordam bersa, zaxira hakami sifatida xitoylik Ma Ning ishlaydi.
Malumot uchun, Araki Yusuke joriy mavsum jami 8 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to'g'ri keladi. Etiborli tomoni, ushbu hakam OCHL guruh bosqichining 4-turida "Nassaji Mozandaran" (Eron) - "Navbahor" uchrashuvida hakamlik qilgan. Ushbu bahslar davomida u cho'ntagidan jami 20 marta sariq kartochka chiqargan.
Osiyo Kubogi-2023 | 3-tur
23.01.2024 | 16:30 (O'zbekiston vaqti)
AVSTRALIYA – O'ZBEKISTON
"Abdullah bin Xalifa” stadioni, Doha
Bosh hakam: Araki Yusuke (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Mihara Jun, Takagi Takumi (ikkalasi Yaponiya)
Zaxira hakami: Ma Ning (Xitoy)
VAR: Iida Jumpei (Yaponiya)
AVAR: Fu Ming (Xitoy)
Fikrlar