So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

23 jan 12:44
Yangiliklar

Futbol

Avstraliya termasi futbolchisi: "O'zbekistondan ochiq o'yin kutyapmiz. Bu biz uchun ham qulay"

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi uchinchi turida Avstraliyaga qarshi guruh g'olibini aniqlab beruvchi uchrashuvda maydonga tushadi.

Avstraliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ayden O'Nil O'zbekistonga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi. Himoyachining fikricha, Avstraliya bugun O'zbekistonni mag'lub qilish yo'lini topadi.

"Kundek ravshanki, biz Osiyo kubogini qo'lga kiritmoqchimiz. 

"Fikrimcha, O'zbekiston biz bilan oldingi raqiblarimizga qaraganda ochiqroq o'yin ko'rsatadi. Dastlabki ikki uchrashuvda Hindiston va Suriya chuqur himoyada o'ynagandi. Biz esa bu uchrashuvlarda ularning himoyasini yorib o'ta oldik va natijaga erishdik. 

Bu safar esa men O'zbekistondan biroz ochiq o'yin kutyapman. Raqibning bu uslubda harakat qilishi biz uchun ham qulay. O'zbekiston bizga qarshi ko'proq pressing qiladi deb o'ylayman. Raqib bu ishni biz kabi bajarishga harakat qilsa, ularni jazolab qo'yamiz.

Tarkibimiz eng kuchlilardan. Avstraliya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro sovrinimni yutmoqchiman. Rostini aytsam, har bir lahzadan bahra olyapman. Har bir uchrashuvda birma-bir g'alaba qayd etib boramiz. Bu jamoamizning mentaliteti", - Ayden O'Nil.

Malumot uchun, Avstraliya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchinchi tur o'yini ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi.

Osiyo kubogi turnir jadvali

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing