10 fev 16:17
Yangiliklar
Futbol
Avstriya TJ sobiq futbolchisi Venada otib o'ldirildi
Avstriya terma jamoasi sobiq futbolchisi Volkan Qahramon Venada qotillik qurboni bo'ldi.
Bu haqda "The Mirror" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 43 yoshli Qahramon janjal chog'ida sobiq biznes sherigi tomonidan o'ldirilgan. Keyin qotil deb taxmin qilingan shaxs voqea joyida o'z joniga qasd qilgan.
Qahraman professional futbolchilik faoliyati davomida Niderlandiya, Avstriya va Turkiya klublarida o'ynagan. U Avstriya terma jamoasida 3 ta o'yin o'tkazgan. Faoliyatini yakunlaganidan so'ng bolalar murabbiyi bo'lib ishlagan, keyin esa sport direktori lavozimida malaka oshirgan.
Havola :
Manba : The Mirror
Fikrlar