23 okt 07:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Avtomexanik Olimpiada-2012 sovrindorini nokautga uchratdi
Angliyaning Birmingem shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Qiziqarli kechishi kutilgan janglarning birida Olimpiada-2012 sovrindori britaniyalik 27 yoshli Entoni Ogogo o'zining 12-jangida ringga ko'tarildi.
Uning raqibi 28 yoshli hamyurti Kreyg Kanningem bo'ldi. Kreygning asosiy kasbi avtomexanik xisoblanadi. SHunga qaramay, Kanningem nomdor raqibini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.
Ogogo ikkinchi raunddayoq ikki bor nokdaun holatiga tushib qoldi. Sakkizinchi raundda esa referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar