20 dek 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Azamat Nuftillaev ham Toshkentda jang qiladi, raqib Braziliyadan!
Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasi 29 dekabr kuni MMA bo'yicha Octagon 68 turniriga mezbonlik qiladi.
Musobaqa doirasida og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Azamat Nuftillaev ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. 30 yoshli Nuftillaevga o'sha kuni braziliyalik Fernando Batista raqib bo'ladi.
Azamat hisobida 15 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor. Batista esa faoliyati davomida 20 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. Octagon 68 musobaqasining markaziy jangi o'zbekistonlik Anvar Abdullaev va Ozarbayjon vakili Farid Alibabazade o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar