12 okt 12:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Azamat Nuftillaev murabbiyi bilan birga Las-Vegasga etib bordi (VIDEO)
14 oktyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 15 oktyabr tongi) AQSHning Las-Vegas shahridagi UFC Apex arenada Dana Uayt davogarlar seriyasi turnirining navbatdagi hafta janglari tashkil etiladi.
UFC Ligasi uchun yo'llanmalar o'ynaluvchi mazkur turnirda o'zbekistonlik og'ir vazn toifasidagi MMA jangchisi Azamat Nuftillaev serbiyalik Yovan Lekaga qarshi oktagonga chiqadi.
31 yoshli aralash yakkakurash ustamiz o'z murabbiyi hamrohligida turnir o'tadigan Las-Vegas shahriga etib bordi.
Malumot o'rnida, Azamat Nuftillaev faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 17 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 23 yashar Yovan Leka hisobida esa 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar