29 dek 22:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Azamat Nuftillaev uzoq tanaffusdan keyin yana oktagonga qaytdi, uning jangi muddatidan oldin yakunlandi
Og'ir vaznli o'zbekistonlik sportchi Azamat Nuftillaev Toshkentda davom etayotgan MMA bo'yicha Octagon 68 musobaqasida chiqish qildi.
30 yoshli hamyurtimizga musobaqa doirasida 40 yoshli braziliyalik Fernando Batista raqib bo'ldi.
Jang 3 raund etib belgilangan edi. Biroq bellashuv ikkinchi raundda "Drakor" Nuftillaevning g'alabasi bilan yakunlandi. U qariya raqibini texnik nokaut orqali taslim etdi.
Bugungi jang orqali Azamat faoliyatidagi 18-jangida 16-g'alabasini qo'lga kiritdi. Uning hisobida bittadan mag'lubiyat va durang ham bor.
Batista esa 20-jangida 9-mag'lubiyatini qabul qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar