11 mar 12:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Azamat Nuftillaevning Yuriy Procenkoga bilan jang natijasi bekor qilindi
Azamat Nuftillaev - Yuriy Procenko jang natijasi qayta ko'rib chiqildi.
Xabaringiz bor, 19 fevral kuni Toshkentda U1championship hamda Octagonleague hamkorligida MMA oqshomi o'tkazildi. Kechaning asosiy kardida og'ir vaznli jangchimiz Azamat Nuftillaev ukrainalik Yuriy Procenkoga qarshi oktagonga ko'tarildi. Uchrashuv durang natija bilan yakunlangan edi. Mazkur to'qnashuv hakamlar tomonidan qayta ko'rib chiqildi va durang natija bekor qilinib, Azamat «Dragon» Nuftillaev g'olib deb topildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar