14 iyu 00:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Azamat Nuftillaevning Toshkentdagi chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi
"Humo arena"da MMA bo'yicha Octagon 87 turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqa co main event'ida o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Azamat Nuftillaev qozog'istonlik Aybek Ermetovga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechgan bahsda Azamat Nuftillaev raqibini ikkinchi raund avvalida texnik nokaut bilan taslim etdi va Octagon League'ning og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar