25 sen 09:16
Yangiliklar

Azamat Nuftillevning Dana Uayt Davogarlar seriyasidagi jangi bekor bo'ldi(mi?)
Olamsport.com malumotiga ko'ra, hamyurtimiz Dana Uayt Davogarlar seriyasining 14 oktyabr kuni o'tkaziladigan so'nggi, 10-haftaligida Serbiya vakili Yovan Leka bilan to'qnash kelishi belgilangandi.
Biroq har ikki tomon hozircha jang bo'yicha sukut saqlayapti. Bundan tashqari, mazkur bahs DWCS 10-haftaligi kardiga hozircha kiritilmagan.
SHunday bo'lsa-da, joriy yil hisobidan DWCS bilan shartnoma imzolagan og'ir vaznli sportchilar orasida faqatgina Nuftillaev va Leka jang o'tkazmadi. Oldinda esa uchta DWCS turniri bor.
Malumot o'rnida, Azamat Nuftillaev faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 17 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 23 yashar Yovan Leka hisobida esa 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.
Fikrlar