10 dek 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Aziza Zokirova Osiyo chempionatida kumush medal qo'lga kiritdi
Tailandning CHiangmay shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun musobaqada ayollar o'rtasidagi final bellashuvlari o'tkazilmoqda.
CHempionatda -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Zokirova finalda Xitoy vakilasi Lina Vangga qarshi bahs olib bordi.
To'liq davom etgan bahsda hakamlar xitoylik bokschining 5:0 hisobidagi g'alabasini qayd etishdi. Bokschimiz musobaqaning kumush medali sohibasiga aylandi.
SHu tariqa, O'zbekiston ayollar terma jamoasi hisobidagi kumush medallar soni uchtaga etdi. Vakilalarimiz shuningdek uchta oltin ham qo'lga kiritishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar