19 mar 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Azizbek Abdug'ofurov himoya jangi oldidan tarozidan o'tdi + FOTO
Hamyurtimiz 20 mart kuni Moskva shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida mezbon bokschi Pavel Silyagin (6-0, 4 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun bokschilar jangdan avval tarozidan o'tishdi. Unga ko'ra har ikki charm qo'lqop ustasi 76,15 kg vazn qayd etdi va belgilangan meyorni bajarishdi.
Azizbek Abdug'ofurov mazkur 12 raundga mo'ljallangan bahsda o'ziga tegishli WBC Silver kamarini himoya qiladi.
Malumot uchun Abdug'ofurov (13-0-0) so'nggi jangida boshqa bir rossiyalik Gasan Gasanovni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar