16 mar 07:44
Yangiliklar

Azizbek Abdug'ofurov kamarini himoya qilish uchun Moskvaga jo'nab ketdi + FOTO
Hamyurtimiz 20 mart kuni Moskvada mezbon bokschi Pavel Silyaginga qarshi ringga ko'tariladi. 27 yoshli Silyagin prof ringda 6 ta (4 ta nokaut) jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
CHarm qo'lqop ustamiz bo'lajak 12 raundlik jangda o'ziga tegishli WBC Silver kamarini himoya qiladi. Uning jangi anderkard maqomida bo'ladi. Azizbek o'z jamoasi bilan Rossiya Federaciyasi poytaxtiga jo'nab ketdi.
Malumot uchun, Abdug'ofurov so'nggi jangida rossiyalik Gasan Gasanovni mag'lubiyatga uchratgandi. Silyagin esa venesuelalik Omar Garsiyadan ustun kelgan. 20 mart kungi oqshomining markaziy jangida rossiyalik jahon chempioni Artur Beterbiev davogar Adam Dienisga qarshi ringga ko'tariladi.
Fikrlar