15 avg 16:29
Yangiliklar

Azizbek Abdug'ofurovning vaznida WBC kamari vakant qolishi mumkin
U Aleksis Anguloga qarshi jang oldidan 3 funt ortiqcha vazn to'pladi. U shu darajada formadan chiqib ketganki, o'ziga berilgan qo'shimcha ikki soatdan ham foydalanmadi.
"Men butun tun va ertalab harakat qildim. Bor-yo'g'i 3 funt ortiqcha qoldi. To'xtovsiz ishladim, ammo vazn yo'qolmadi. Boshqa ilojim yo'q edi. Tushunyapsizmi? Boshqa xech narsa qila olmasdim", - dedi Benavides.
Benavidesning 36 yoshli raqibi Angulo 167.6 funt natija bilan belgilangan vazn meyorini bajardi. Agar u g'alaba qozonsa WBC yo'nalishining yangi chempioniga aylanadi. Agar Benavides g'alaba qozonsa, ushbu kamar vakant sifatida qoldiriladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur vazn toifasida o'zbekistonlik Azizbek Abdug'ofurov WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi va reytingda 2-o'rinni egallab turibdi. Agar Abdug'ofurovning promouterlari kelisha olishsa, bokschimizda WBCning oltin kamari uchun jang qilishga yaxshi imkoniyat yuzaga keldi.
Fikrlar