11 iyu 08:05
Yangiliklar
Gimnastika
Badiiy gimnastikachilarimiz ilk bor jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilishdi
Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida badiiy gimnastika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Qiziqarli bellashuvlar yakunida Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarildi.
Qayd etish joiz, bu badiiy gimnastika bo'yicha jahon chempionatlari tarixida o'zbekistonlik sportchilarning birinchi sovrindorlar qatoridan joy olishi bo'ldi.
Halqa:
1. Tal Franko (Isroil)
2. Amaliya Lika (Ruminiya)
3. Anastasiya Saranseva (O'zbekiston)
Tasma:
1. Liliana Levinska (Polsha)
2. Nikol Todorova (Bolgariya)
3. Mishel Nesterova (O'zbekiston).
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar