20 avg 17:56
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/82125_220.jpg)
Bahaybat Lesnar Jons sabab UFCga qaytishga tayyor
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni yana bir bor oktagonga qaytish istagida ekanligini malum qildi.
Bu haqda erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni, WWE va TNA yo'nalishlari bo'yicha afsonaviy restler Kurt Engl xabar berdi. Engl hozirda Lesnar bilan restling bo'yicha WWE promoushenida birga ishlamoqda.
"U MMAdagi faoliyatini yakunlashini aytgandi. Buni men juda yaxshi bilaman. Lekin Lesnar bitta jang tufayli oktagonga qaytadi. Brok Jon Jonsga qarshi jang qilmoqchi. Bu aniq! Ammo, bu reja amalga oshadimi yoki yo'q, bu katta masala", -deya Englning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN MMA.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Lesnar boshqa oktagonga qaytmasligini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar