13 mar 10:49
Yangiliklar

Bahodir Jalolov bir oyda ikkita jang o'tkazadi
Avvaliga u kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi. Ammo, jangga uch kun olganda bokschimizning raqibi o'zgardi. Endilikda Jalolov amerikalik bokschi Villi Xarveyga qarshi ringga ko'tariladi. Malumot uchun, Bahodir shu kungacha to'rtta jang o'tkazib, ularning barchasida nokaut evaziga g'alaba qozondgan. Xarvey esa 5 marotaba jang qilib, ularning 3 tasida g'olib bo'lgan (3 ta nokaut). 1 marotaba mag'lub bo'lgan va yana 1 marta durangga erishgan. Jang Kaliforniya shtatining Tastin shtatida o'tkaziladi.
Bokschiniing www.olamsport.com saytiga malum qilishicha, u aprel oyida yana ringga ko'tariladi. Uning professional faoliyatidagi oltinchi jangi 10 aprelda bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.
Fikrlar