01 apr 19:21
Yangiliklar

Bahodir Jalolov: "Ko'pchilik menga kuchsiz raqiblar bilan tushyapsan deb etiroz bildiradi"
Og'ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov "Olimpiadadan so'ng tanlash imkoniyati bo'lsa, Fyuri bilan jang qiladimi yoki Joshua?" degan savolga javob berdi.
"Men raqib tanlamayman, berilgan raqib bilan jang qilaman. Ko'pchilik menga kuchsiz bokschilar bilan jang qilasan deb etiroz bildiradi. Menejer, promouterlarimiz kimni berishsa, shu bilan jang qilamiz. Bir prof boksga, bir havaskor boksga o'tyapman. Ikkalasini o'rtasida katta farq bor. Prof boksda ko'proq raundga tayyorgarlik qilish kerak, havaskorda tezkorlik muhim. SHuning uchun Olimpiada oldidan tavakkal qilmoqchi emasman.
Olimpiadadan so'ng Fyuri yoki Joshua bilan jang qilish imkoni berilsa, Joshuaga qarshi ringga chiqardim", - dedi Jalolov.
Eslatib o'tamiz, "Big Uzbek" latviyalik Kristaps Zutis (11-1-2, 7 KO) ga qarshi ringga ko'tariladi.
Sarvinoz Raxmonqulova suhbatlashdi
Fikrlar