09 dek 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov prof ringdagi to'rtinchi jangini o'tkazdi FOTO
Professional boksda faoliyat olib borayotgan og'ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolovning hozirgina o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Superog'ir vazn toifasidagi hamyurtimiz AQSHning Kaliforniya shtati La Puente shahridagi Industry Hills Expo Center majmuasida amerikalik Valentin Markesga qarshi ringga ko'tarildi. Jang muddatidan avval yakunlandi. Birinchi raundning o'zida Jalolov Markesni nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Bahodir barcha janglarini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan. 25 yoshli Valentin esa 10ta jang o'tkazgan. Beshta jangda g'alaba (2tasi nokaut bilan) qozongan, 5ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Bugun ilk nokautini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar