06 iyu 18:59
Yangiliklar

Bahodir Jalolov Qirg'izistonga jo'nab ketdi FOTO
Jalolov tatilni O'zbekistonda o'tkazish uchun kelib, orada Tailanddagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Ramazon ro'zasi hamda Hayit bayramini ona vatanda o'tkazgan Bahodir bugun qo'shni davlatga jo'nab ketdi.
Aniqrog'i, u Issiqko'lda 15 kun davomida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Jalolov bilan birga mashg'ulotlarda jahon chempionlari Dmitriy Bivol va Sergey Kuzmin ham ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, Jalolov 11 aprel kuni Nyu-York shahrida prof boksdagi oltinchi jangini amerikalik Brendan Barrettga qarshi o'tkazib, NABF chempionlik kamariga ega chiqqandi. Olti raundga mo'ljallangan jangda bokschimiz birinchi raundning o'zidayoq raqibini nokautga uchratgan edi.
Fikrlar