21 iyu 12:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov Sankt-Peterburgga jo'nab ketdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Rossiyaning shimoliy poytaxti hisoblangan Sankt-Peterburg shahriga jo'nab ketdi.
CHarm qo'lqop ustamiz ikki hafta davomida Qirg'izistonning Issiqko'l shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi. Kecha ushbu yig'in yakunlandi va bugun Bahodir Sankt-Peterburg shahriga yo'l oldi.
Rossiyadagi yig'in ham ikki haftaga mo'ljallangan. Jalolov Issiqko'ldagi mashg'ulotlarda jahon chempionlari - Dmitriy Bivol va Sergey Kuzmin bilan birgalikda shug'ullandi.
Eslatib o'tamiz, Jalolov 11 aprel kuni Nyu-York shahrida prof boksdagi oltinchi jangini amerikalik Brendan Barrettga qarshi o'tkazib, NABF chempionlik kamariga ega chiqqandi. Olti raundga mo'ljallangan jangda bokschimiz birinchi raundning o'zidayoq raqibini nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar