21 sen 07:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov: Tabriklashga hali erta
Ekaterinburg shahrida o'tkazilayotgan jahon chempionatning super og'ir vazn toifasida janglarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov yarim finaldagi g'alabasidan so'ng kichik intervyu berdi.
"Jahon chempionatiga faqat oltin medal uchun kelganman, shu sababli ham hali tabriklashga erta. Xudo xohlasa, ertaga final bahsida g'alaba qozonganimdan so'ng tabriklar eshitsak bo'ladi. Raqibim kechagi uchrashuvni ko'rgan shekilli, bugungi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan, shu sababli bugungi bahsda nokaut bo'lmadi",-dedi Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar