16 mar 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov uchun ikki raund etarli bo'ldi FOTOGALEREYA
Hozirgina bokschimiz Bahodir Jalolov AQSHning Kaliforniya shtati Tastin shahrida prof ringdagi navbatdagi jangnini o'tkazdi.
CHarm qo'lqop ustamiz amerikalik bokschi Villi Xarveyga qarshi ringga ko'tarildi. Jang muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi raundda ketma-ket berilgan kuchli zarbalardan so'ng Bahodir raqibini nokautga uchratdi. Bu Jalolovning beshinchi jangidagi beshinchi nokaut bo'ldi.
Xarvey esa bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 6 marotaba jang o'tkazib, ularning 3 tasida g'olib bo'lgan (3 ta nokaut). Bugun ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bitta jangda durangga erishgan. Endi charm qo'lqop ustamiz 10 aprel kuni faoliyatidagi oltinchi jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar