So’nggi yangiliklar

19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0

07 dek 14:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov va Isroil Madrimov talabalarni qutladi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan magistrlar o'rtasida “Sog'lom turmush tarzi - muvaffaqiyatimiz garovi” shiori ostida sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil qilindi.

Mazkur musobaqalarda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda O'zbek + Belarus qo'shma jismoniy tarbiya, sport va turizm fakultetining magistrlari mini-futbol, voleybol, stol tennisi, armrestling, engil atletika va arqon tortish bo'yicha o'zaro bellashdi.

Tadbirda xalqaro toifadagi sport ustalari, boks bo'yicha jahon chempionlari Bahodir Jalolov hamda Isroil Madrimov ishtirok etdi.

So'nggi paytlarda o'tkazilayotgan nufuzli xalqaro musobaqalarda vatanimiz shanini munosib himoya qilib kelayotgan yurtimiz faxri bo'lgan bu sportchilar ayni paytda universitetning 1-bosqich magistratura talabalari hisoblanadi.

Tadbirda Bahodir Jalolov hamda Isroil Madrimov so'zga chiqib, musobaqa muhtaram Prezidentimizning yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusi ijrosini taminlash va yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish hamda jismoniy tarbiya va sportni targ'ib etish va ommalashtirish maqsadida tashkil etilganini takidlab, O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan universitet professor-o'qituvchilarini, talabalarni tabrikladi.

Musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o'rinni universitetning 1-kurs magistrlar jamoasi, ikkinchi o'rinni universitetning 2-kurs magistrlar jamoasi, uchinchi o'rini O'zbek + Belarus qo'shma jismoniy tarbiya, sport va turizm fakultetining magistrlar jamoasi egallashdi.

Musobaqa yakunida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan medal va esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing