07 dek 15:22
Yangiliklar

Bahodir Jalolovning jangi ertaga ko'chirildi, raqib aniqlandi!
Unga ko'ra, hamyurtimiz 8 dekabr (Toshkentda 9 dekabr ertalab) kuni prof ringdagi to'rtinchi jangini o'tkazadi. Bahodirning raqibi amerikalik Valentin Markes bo'ladi. Aslida bu jang 6 dekabr (Toshkentda 7 dekabr ertalab) kuni o'tkazilishi kerak edi.
Lekin bizga nomalum bo'lgan sabablarga ko'ra, jang sanasi ikki kunga surildi. Jalolov - Markes jangi AQSHning Kaliforniya shtati La Puente shahridagi Industry Hills Expo Center majmuasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Jalolov shu kungacha professional boksda uchta jang o'tkazgan va ularning barchasida nokaut evaziga g'alaba qozongan. 25 yoshli Valentin esa 9ta jang o'tkazgan. Beshta jangda g'alaba (2tasi nokaut bilan) qozongan, 4ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Nokautga uchramagan.
Fikrlar