10 apr 10:47
Yangiliklar

Bahodir Jalolovning raqibi o'zgardi, u ertaga kamar uchun ringga chiqadi
Avval xabar berganimizdek, hamyurtimiz amerikalik Donni Palmerga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Lekin jangga bir kun qolgan bir pallada Jalolovning raqibi o'zgardi. Endi u amerikalik boshqa bir bokschi Brendan Barrettga qarshi ringga chiqadi.
“Bu galgi o'zgarish yaxshilikka bo'ldi. Boisi, men ertaga chempionlik jangida ishtirok etaman. Agar g'alaba qozonib olsam, WBC reytingiga kirishga muvaffaq bo'laman. Buning uchun ertaga ringda bor imkoniyatimni ishga solaman”, - dedi saytimizga bergan intervyusida Jalolov.
Takidlash joiz, Bahodir Jalolov ertaga NABF chempionlik kamari uchun jang o'tkazadi. Bu AQSH chempionlik kamari hisoblanadi. Bahodir shu kungacha prof ringda 5ta jang o'tkazib, ularning barchasini nokaut evaziga o'z foydasiga hal qilgan.
Barret esa 11ta jang o'tkazib, 7tasida zafar uchgan. Beshta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Ikkita jangda mag'lubiyatga uchragan va yana ikkitasida durang natija qayd etilgan.
Fikrlar