21 okt 18:28
Yangiliklar
Bahodirlar o'yinlari hamda tosh ko'tarish musobaqasi o'tkazildi
Ko'xna Registon maydonida o'tkazilgan bahslarda yurtimizning 150 nafarga yaqin sport faxriylari, yoshlar va imkoniyati cheklangan sportchilar bellashishdi.
Ochilish marosimida Osiyo bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish federaciyasi prezidenti A.Najmiddinovso'zga chiqib, bunday bellashuvlarni umumiy o'rta talim hamda bolalar-o'smirlar sport maktablarida,oliy o'quv yurtlarida uyushtirish orqali yoshlarning sportga bo'lgan qiziqishini oshirish lozimligixususida so'z yuritdi.
Musobaqada polvonlar toshni siltab ko'tarish, 170 kilogramm og'irlikdagi moslamani hamda 300kilogramlik yukni 18 metr masofaga olib borish, 110 va 200 kilogramm shtangani, 80 kilogramm toshni(gantel) bir daqiqada eng ko'p ko'tarish va 17,5 tonna bo'lgan yuk avtomashinasini 20 metr masofaga tortibborish shartlari bo'yicha kuch sinashdi.
Bahodirlar o'yini yakuniga ko'ra, surxondaryolik polvon Ibrohim Nazarov mutlaq g'olib deb topildi.
Fikrlar