19 sen 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahrom Fayozov Omskdagi shouda chempionlik kamari uchun ringga chiqdi
Rossiyaning Omsk shahrida professional boks kechasi o'tkazildi.
Titov Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida o'zbekistonlik bokschi ham ringga ko'tarildi.
“Oqtepa” professional boks klubi vakili hisoblangan Bahrom Fayozov vakant bo'lib turgan WBC CISBB (MDH va slavyan mamlakatlari) chempionlik kamari uchun ringga ko'tarildi.
Fayozovning raqibi ukrainalik Vladislav Baranov bo'ldi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. 66,7 kg vazn toifasida bo'lib o'tgan jangning oltinchi raundida Baranov texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar