21 apr 17:34
Yangiliklar
Tennis
Barcelona Open. Cicipas bosh sovrini uchun kortga chiqadi
Dunyoning ettinchi raketkasi Stefanos Cicipas Ispaniyaning Barselona shahrida o'tkazilayotgan nufuzli ATP turnirining ikkinchi finalchisiga aylandi.
Greciyalik tennischi 1/2 finalda reytingning 59-pog'onasida borayotgan serbiyalik Dushan Layovichni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 5/7, 6/4, 6/2. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Stefanos oldinda bormoqda - 4:1. Ikki soatu 11 daqiqa cho'zilgan bahsda Cicipas 5 ta eys, 6 ta qo'shxato va 3 ta breyk qayd etdi.
Stefanos ketma-ket 10-g'alabasini qo'lga kiritdi. U to'rtinchi bor Barselona turniri finalida o'ynaydi. Bundan avvalgi barcha finallarda u mag'lubiyatga uchragandi. Uning finaldagi raqibi norvegiyalik Kasper Ruud bo'ladi. Cicipas o'tgan hafta Monte-Karlo "Masters" turnirining finalida aynan Ruudni taslim etgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar