15 avg 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA
"Barchani xursand qilaman". Maxachev bo'lajak jangi haqida so'nggi gapini aytdi
34 yoshli UFC’ning yarim o'rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni Islam Maxachev irlandiyalik Ien Machado Gerriga qarshi bo'lajak jangi haqida final sterdaunidan so'ng fikr bildirdi.
Ularning jangi ertaga Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining asosiy bahsi bo'ladi.
"U men uchun shunchaki navbatdagi maqsad. Men tayyorman va ertaga bu odamlarning barini xursand qilaman", — dedi Maxachev sterdaundan so'ng.
Maxachev — Gerri jangi Toshkent vaqti bilan taxminan soat 07:30 da boshlanishi kutilmoqda. Rossiyalik Islam Maxachev yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini birinchi marta himoya qiladi.
Islam so'nggi jangini UFC 322 turnirida Nyu-Yorkda avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar