08 avg 15:29
Yangiliklar
Boks/MMA

"Baribir revansh bo'lishi kerak"
Ayollar o'rtasida engil vazn toifasida UFC chempioni Valentina SHevchenko yaqin oradagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Hozirda eng asosiy maqsadim - o'z vaznimdagi sportchilar bilan jang qilish. Vazn jihatidan yirikroq jangchilarga qarshi to'qnash kelganimda, o'zimni qulay hamda kuchli his qilmayman.
SHuningdek, Nunesga qarshi revansh jangida ishtirok etmoqchiman. Umid qilamanki, qachonlardir bu jang albatta tashkil etiladi", - dedi SHevchenko.
Eslatib o'tamiz, Valentina SHevchenko o'zining navbatdagi jangini 11 avgust kuni UFC Fight Night 156 kechasida Liz Karmushga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar