26 may 13:50
Yangiliklar
"Barkamol avlod-2017". Boks bahslarida yarim finalchilar malum
Musobaqalarda bundan bir oy oldin Surxondaryoda tashkil etilgan saralash bellashuvlarida g'olib bo'lgan bokschilar ishtirok etdilar.
Jumladan, Buxorodan 5, Jizzaxdan 4, Toshkent shahri, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlaridan 3, Andijon, Farg'ona va Sirdaryodan 2, Navoiy va Qashqadaryo viloyatidan bir nafardan yosh bokschilar ringga chiqishdi. Bellashuvlar 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81 kilogramm vazn toifasida kechdi.
Birinchi raunddayoq o'z raqibimni engib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdim, - deydi Jizzax viloyati vakili Samandar Xolmurodov. - Bu sport turi bilan 7 yildan buyon shug'ullanaman. Bir qator respublika va xalqaro miqiyosda o'tgan chempionatlarda g'oliblikni qo'lga kiritganman. "Barkamol avlod-2017” ham menga omad keltirishga ishnoman.
Musobaqalar yakunida g'oliblarga diplomlar, qimmatbaho va esdalik sovg'alar topshirildi. Ertaga final bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar