21 jan 16:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Barrera engilmas Beterbiev bilan jang uchun rozilik berdi
Kubalik 34 yoshli bokschi Sallivan Barrera (IBF reytingida 9-o'rin) mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik Artur Beterbiev (IBF reytingida 2-o'rin) bilan jang uchun rozilik berdi.
Ushbu jang Xalqaro boks federaciyasi (IBF) chempionlik kamari uchun saralash bahsi vazifasini o'tab beradi. G'olib bokschi IBF chempioni amerikalik Andre Uord bilan jang o'tkazish huquqini qo'lga kiritadi.
Malumot uchun, Andre Uord IBF chempionlik kamaridan tashqari ushbu vazn toifasida WBA Super hamda WBO yo'nalishlari chempioni ham hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, bugun 32 yoshni qarshi olgan Beterbiev so'nggi jangida paragvaylik Isidro Prietoni nokautga uchratgan edi. Barrera esa ukrainalik Vyacheslav SHabranskiyni muddatidan avval mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar