21 dek 11:51
Yangiliklar
Futbol
"Barsa" Levandovskini sotmoqchi emas
Robert Levandovski yaqin orada "Barselona"dan ketmaydi.
Kataloniyaliklar ushbu mavsumdagi yomon ko'rsatkichlarga qaramay, hujumchini sotib yubormoqchi emas. "Barselona" prezidenti Joan Laporta futbolchi Xavining loyihasida muhim rol o'ynashiga ishonadi. SHuningdek, murabbiy Xavi ham Robert yuqori samaradorlikka qaytishini kutmoqda.
SHu sababli, "Barselona" futbolchi borasida Saudiya Arabistonidan bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas. Levandovskining o'zi ham bu boradagi bir necha takliflarni rad etib ulgurdi.
Havola :
Manba : AS
Fikrlar