10 apr 10:17
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" darvozasiga penalti qo'ymagan hakam ECHL o'yinlaridan chetlatildi
Ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach ushbu mavsum ECHLning o'yinlarida ishlamaydi.
Gap shundaki, ushbu hakam ECHLning ¼ finali doirasida “Barselona” - “Atletiko” (0:2) uchrashuvida ishlagandi.
Aynan ushbu hakam bahsning ikkinchi bo'limida “Atletiko” darvozasi tomon penalti belgilashi kerak bo'lgan, biroq u bu holatga reakciya ko'rsatmagandi. Natijada “Barselona” hakamlik ustidan UEFAga arz qilgandi.
“Diario Sport” nashrining yozishicha, UEFA ushbu ishni ko'rib chiqqan va ruminiyalik hakamni ECHL o'yinlaridan chetlatgan. Endi u ushbu mavsum ECHLda boshqa ishlamaydi.
Havola :
Manba : Diario Sport
Fikrlar