24 mar 11:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada va jahon chempioni AIBA bosh kotibi etib tayinlandi
Boks bo'yicha ikki karra jahon chempioni, Olimpiya o'yinlari chempioni, vengriyalik Ishtvan Kovach AIBA bosh kotibi etib tayinlandi, deya xabar qilmoqda AIBA rasmiy sayti.
22 mart kuni AIBA direktorlar kengashining videokonferenciyasida mana shunday qarorga kelindi.
"Bildirilgan AIBA direktorlar kengashi tomonidan bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Men uchun boks havosi bilan yashaydigan Umar Kremlyov boshchiligidagi Xalqaro boks associaciyasida faoliyat olib borish sharaf va o'z navbatida katta masuliyat ham demakdir.
Men boks manfaati yo'lida maksimal ravishda harakat qilaman. Ishonchim komilki, AIBAni yangi darajaga olib chiqa olamiz", - dedi Kovach.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar