20 noy 09:50
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" futbolchisi Gavi jiddiy jarohat oldi va u uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi Ispaniya tarkibida Gruziyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi va o'yinning birinchi bo'limida maydoni tark etdi.
Uchrashuv vaqtida Gavi jiddiy jarohat olgan. Birinchi tekshiruvlardan so'ng futbolchining oyoq bog'lamalarida uzilish sodir bo'lgan. Endi Gavi jarohlik stoliga yotishga majbur bo'ladi va 6-8 oyni futboldan tashqarida o'tkazadi.
Gavi jarohat sababli joriy mavsumda boshqa maydonga tushmasligi va hatto Evro-2024 turnirini ham o'tkazib yuborishi mumkin.
Havola :
Fikrlar