15 iyu 11:38
Yangiliklar
Futbol

“Barselona“ qiziqayotgan futbolchi “Real“ga o'tib ketishi mumkin
“Atletik“ vingeri Niko Uilyams faoliyatini La Liganing boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin.
22 yoshli futbolchi “Barselona“ning qiziqishlariga qaramasdan “Real Madrid“ga ko'chib o'tishi mumkin. Madridliklar futbolchi uchun 70 million evro to'lashga tayyor. Vingerning o'zi ham Xabi Alonso jamoasida o'ynash istagi borligini malum qilgan.
2024/25 mavsumda Niko La Ligada 29 o'yinda 5 gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar