13 fev 09:28
Yangiliklar
Futbol
“Barselona” rahbariyati Xaviga ultimatum qo'ydi. Murabbiy mavsum yakunidan avval ketishi mumkin
“Barselona” bosh murabbiyi Xavining Kataloniya klubidagi faoliyati mavsum yakunigacha etmasligi mumkin.
As xabariga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku Xavi boshchiligidagi jamoaning oxirgi vaqtlardagi natijalari yoqmayapti. SHu sababli kataloniyaliklar CHempionlar ligasi 1/8 finalida "Napoli" bilan o'yinda omadsizlikka uchrasa, Xavi muddatdan avval istefoga chiqarilishi mumkin.
Avvalroq, ispaniyalik murabbiy mavsum yakunida klubni tark etishini elon qilgandi. Jamoa so'nggi turda o'z maydonida "Granada" bilan 3:3 hisobini qayd etgach, klub La Liga turnir jadvalida peshqadam "Real"dan 10 ochkoga ortda qolmoqda.
Havola :
Fikrlar